Yordam
Hali hisobingiz yo‘qmi? Quyidagi javoblar do‘kon ochilgandan keyingi panel bo‘limlari haqida.
Do‘kon ochish · Tariflar · Aloqa · Kirish
Do‘konni qanday ochaman?
«Do‘konlarim» → «Do‘kon yaratish». Nom va manzilni kiritasiz — sayt darhol ishlaydi, sinov muddati bepul.
Tovar qanday qo‘shiladi?
Do‘kon panelida «Tovarlar» → «Tovar qo‘shish». Rasm, narx va (bo‘lsa) rang/o‘lcham variantlarini kiriting. Ombor yoqilgan bo‘lsa qoldiq «Ombor → Kirim» orqali qo‘shiladi.
Buyurtmalar qayerga tushadi?
«Buyurtmalar» bo‘limiga. Telegram ulangan bo‘lsa — har yangi buyurtma haqida xabar keladi («Kuryerlar → Telegram»).
Onlayn to‘lovni qanday ulayman?
«Integratsiyalar» → Payme yoki Click. Kassangiz ma’lumotlarini kiritasiz — pul to‘g‘ridan-to‘g‘ri sizning hisobingizga tushadi.
O‘z domenimni ulasam bo‘ladimi?
Ha: «Sozlamalar → Domen». Domen nomini kiritasiz va ko‘rsatilgan DNS yozuvlarini domen sotuvchisi kabinetida qo‘yasiz.
Xodim yoki kuryer qanday qo‘shiladi?
«Xodimlar» → «Xodim qo‘shish». Rol tanlaysiz (operator, kuryer, omborchi, buxgalter) — u o‘z telefoni bilan kiradi va faqat ruxsat berilgan bo‘limlarni ko‘radi.
Tarifni qanday to‘layman?
Do‘kon panelida «Tarif va to‘lov». Onlayn to‘lov ulanmagan bo‘lsa — administrator orqali to‘lanadi va shu yerda belgilanadi.
Parolni unutdim
Parolni tiklash sahifasida Google yoki Telegram orqali tiklaysiz. Google oldindan bog‘langan bo‘lishi kerak: «Sozlamalar → Google hisobi».
Google bilan kirsa bo‘ladimi?
Ha. «Sozlamalar → Google hisobi» bo‘limida Google’ni bir marta bog‘lang — keyin kirish sahifasida «Google bilan kirish» tugmasi ishlaydi.
Telefon raqamim nega «tasdiqlanmagan»?
«Sozlamalar → Telefon raqam» bo‘limida «Telegram orqali tasdiqlash»ni bosing va VOBECOM botida «Raqamni ulashish»ni tanlang. SMS kerak emas.
Savol qolsa — «Aloqa» sahifasidagi kanallar orqali yozing. Maxfiylik siyosati · Foydalanish shartlari